Istanbulda $400 dollarga ham to‘y qilish mumkin. Yig‘inib yotishingizga ham hojat yo‘q. O‘zbek oilalari ko‘proq turklar bilan quda bo‘lishadi. Ortiqcha xarajatdan tiyilishadi.

Ammo serxarjroq to‘y qilaman desangiz, hatto, shunda ham, bankdan kredit olasizu muammo hal, oyma oy to‘lab boraverasiz.

Bugun Turkiyada turli yumush, ish yoki tahsilda band o‘zbekistonliklarning soni bir necha o‘n minglarga yetadi.

Ularning orasida oilaviy bo‘lib mehnat muhojirligiga yuz tutganlari ham oz emas.

Bundan tashqari, diniy, siyosiy ta’qiblardan qochib, Turkiyani vatan bilgan o‘zbekistonliklar ham ancha-munchani tashkil etadi.

Ya’ni, ikki yuzta mehmonga mo‘ljallab bitta kemani to‘rt soatga ijaraga olasiz.

Istang palov, istang, manti pishirtirib keltirasiz, xohlang, faqat shirinlik va ichimlik bilan kifoyalanasiz.

Faqat mazza qilib o‘yin-kulguga zo‘r berasiz.

Yakunida esa, ijara haqiga $350 dollar to‘laysizu, ketaverasiz.

Ko‘cha yoki mahallangizda qilingan to‘y ham sizga u qadar qimmatga tushmaydi.

Ammo to‘yxonada qilaman, desangiz, xarjingiz ham besh-olti ming dollarning tagiga borib qoladi.

Ya’ni, to‘ylar Turkiyada har kimning imkoniyatidan kelib chiqib, o‘zi tomonidan berilgan tanlov asosida qilinadi.

Orzu havas, men sendan kammi, degan gaplar bo‘lmaydi.

Davlat ham bu ishga aralashmaydi, odamlarning shaxsiy tanlovini hurmat qiladi.

Bugun Turkiya dunyoning eng katta sondagi o‘zbekistonliklar turli yumush, tahsil yoki boshqa sabablar bilan muhojiratga yuz tutgan to‘rtta davlatidan bittasi sanaladi.

Turkiyadagi eng katta sondagi o‘zbekistonliklar esa, aynan Istanbul shahriga to‘g‘ri keladi.

Istanbulda turli yumush va ishda band bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining soni minglab ekani aytiladi.

Ular asosan do‘kon, bozor, turli xil yemakxonalar va kargo xizmatlarida ishlashadi.

Istanbulda bo‘lgan o‘zbekistonlik bir mehnat muhojiri esa, oyiga o‘rtacha $300-$500 AQSh dollarigacha daromad qiladi.

Yashaydi, yeyadi, ichadi, orttirib, yana ortga - O‘zbekistondagi yaqinlariga ham pul jo‘natadi.

Yaqinda Istanbulda singlisini uzatgan suhbatdoshimiz so‘zlaridan ham to‘y sarf-xarajatlaridan og‘ringanliklari sezilmaydi.

Boshqa birining aytishicha, "o‘zbeklar o‘zbekligini yo‘qotmaydi. Ammo iloji boricha kamchiqim bo‘lishga harakat qilishadi".

"Turkiyadagi o‘zbek to‘ylari juda chiroyli o‘tadi...".

Turkiya dunyoning eng katta sondagi o‘zbekistonliklar ham sayohat va ham tijorat maqsadida yo‘l solayotgan sanoqli davlatlaridan biri bo‘ladi.