Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan qator xodimlarni taqdirladi, deya xabar bermoqda XTV axborot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, vazirlikning maktabdan tashqari ta’lim, sport va turizmni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Karabayev va jismoniy tarbiya fani bo‘yicha “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2019” tanlovi g‘olibi Hilola Kenjayeva o‘quvchi-yoshlar, pedagoglar va umuman xalq ta’limi sohasi xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.