XTV xorijda tahsil olish uchun nomzodlarni saralab olish maqsadida stipendiya tanlovini e’lon qildi. Tanlov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi bilan hamkorlikda e’lon qilingan

Tanlovda ishtirok etish uchun xalq ta’limi tizimidan nomzodlarni Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ro‘yxatga olish boshlangan.

Xorijda doktorantura va magistratura dasturlari doirasida ta’lim olmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 7-oktyabr soat 18.00ga qadar ma’lumotlarini ushbu havolada keltirilgan shakl orqali taqdim etishlari lozim.

Stipendiya tanlovi talablari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni «El-yurt umidi» jamg‘armasining rasmiy sayti orqali olish mumkin.